Please contribute to the translation project if you are fluent in one those languages NOT listed below.

Arabic    Azeri    Chinese (Simplified)    English    French    Japanese    Kabyle    Portuguese    Russian    Spanish    Turkish    Uzbek    Uyghur

Uyg'on! 

Abduxaliq Uyghur

Turpan, 1921

Ey faqir uyg'ur, uyg'on, uyqing yetar,
Senda mol yo'q, endi ketsa jon ketar.
Bu o'limdan o'zingni qutqazmasang,
Oh, sening holing xatar, holing xatar.

"Tur!" dedim, boshingni, ko'tar uyqungni och!
Raqibingning boshini kes, qonini soch!
Ko'z ochib atrofga obdon boqmasang,
O'lasan armonda, bir kun yo'q iloj.

Haliyam jonsizga o'xshaydi taning,
Shunga yo'qmu hech ham o'limdan g'aming?
Chaqirsam qimirlamay yotasan,
U'yg'onmay o'lmoqchimisan shu payting.

Ko'zingni kengroq ochib atrofga boq,
O'z istiqloling haqida o'ylan uzoq.
Ketsa qoldan bu fursat-g'animat,
Kelajakda ishing chatoq,ishing chatoq.

Achinar ko'nglim senga, hey uyg'urim,
Safdoshim, qarindoshim, bir tug'ishganim.
Kuyinib holingga uyg'otsam seni,
Anglamaysan "zadi" nima bo'lganin?

Keladi bir kun pushaymon qilasan,
Gapning tagiga shu chog'da etasan,
"Attang" desang-da unda ulgurmay qolur,
Shunda, Uyg'ur, so'ziga tan berasan.

© Uzbek translation by: Adam

Zcech Republic, Jan 2, 2005
Reviewed by: "Samimiy"

Please contribute to the translation project if you are fluent in one those languages NOT listed above.